Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi yong‘in qurbonlari soni 23 nafarni tashkil qilmoqda
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida 10 sentabr kuni qadoqlash fabrikasida ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetdi. CBS News xabariga ko‘ra yana o‘nlab kishilar jarohatlangan holda shifoxonalarda qolmoqda.
O‘t o‘chiruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, 5 qavatli ushbu binoda kuchli portlash sodir bo‘lgan va keyin chiqqan yong‘in juda tez tarqalgan.
Mahalliy telekanallar 50 nafarga yaqin kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatgan.
Bangladeshda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladigan minglab fabrikalar joylashgan (Wal-Mart va H&M). Mamlakatda bunga o‘xshash yirik yong‘inlar avval ham ro‘y bergan.
Dakka yaqinidagi to‘qimachilik fabrikasida 2012 yilda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 112 ishchi halok bo‘lgandi. 2013 yilda esa Dakka shahri atrofidagi hududda joylashgan boshqa bir fabrikaning yotoqxonalari o‘t olishi oqibatida 1135 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025