Sport | 14:29 / 14.09.2016
6445
1 daqiqa o‘qiladi

Platini UYeFA prezidentligidan ketgani haqida rasman e'lon qildi

Mishel Platini UYeFA prezidentligidan ketgani haqida rasman ma'lum qildi. U bu haqda bugun tashkilotning Afinada bo‘lib o‘tayotgan navbatdan tashqari kongressi vaqtida e'lon qilgan.

"Bu mening UYeFA prezidenti sifatidagi oxirgi nutqim... Vijdonim toza. Ishonamanki, aybsizman va buni isbotlash uchun kurashni davom ettiraman. Kim meni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ularning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Har kim o‘z ishonchiga ega. Asosiysi bu futbol - men sevadigan futbol", deya uning bayonotidan iqtibos keltirgan TASS.

2015 yilning kuzida korruptsion mojaro tufayli Mishel Platini futbol faoliyatidan 8 yilga chetlatilgan va unga jarima qo‘llangandi. Keyinroq, fevral oyida uning diskvalifikatsiyasi muddati 6 yilga kamaytirildi. Sport arbitraj sudiga murojaat qilinganidan keyin jarima miqdori 80 mingdan 60 mingga, diskvalifikatsiya muddati esa 4 yilga tushirildi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid