Putinning sobiq tansoqchisi Tula viloyatiga gubernator bo‘ldi
Tula viloyati gubernatorligi uchun saylovda viloyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelgan, o‘z vaqtida mamlakat prezidenti Vladimir Putinning tansoqchisi bo‘lgan Aleksey Dyumin barcha ovozlar hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyin o‘z siyosiy raqiblarini sezilarli farq bilan ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Tula viloyati MSK xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, Dyumin 84,17 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni KPRF partiyasi a'zosi Oleg Lebedev egallagan (7,53 foiz). Uchinchi o‘rinda Oleg Veselov va «Kommunisty Rossii» (3,41 foiz) , to‘rtinchi o‘rinni «Rossiyskoy partii pensionerov za spravedlivost» vakili Nikolay Ogoltsov (2,92 foiz) band etgan.
Saylovda davomat 45,5 foizni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 30.10.2024
OAV: Putinning soqchilari tasodifan uning harakatlanishini oshkor qilib qo‘ydi
12:22 / 12.03.2024
Rossiyada ayol Ukraina qurolli kuchlari haqidagi posti uchun koloniyaga jo‘natildi
07:34 / 21.02.2024
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
09:46 / 20.07.2022