Sport | 10:04 / 20.09.2016
3672
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada futbolchilar bolalar o‘rniga maydonga keksa muxlislar bilan birga chiqishdi

Shvetsiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan "AIK" va "Yefle" klublari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan futbolchilarni maydonga an'anaga kirgandek bolalar emas, UYeFAning sobiq prezidenti Lennart Yuxansson boshchiligidagi keksa yoshli muxlislar olib chiqishdi.

"AIK" rahbariyati shu tariqa klubning keksa yoshli muxlislariga hurmat bildirdi, ular orasida 86 yoshli Yuxansson ham bo‘lgan.

Yuxansson UYeFAga 1990 yildan 2007 yilgacha prezident bo‘lgan va bu muddat ushbu lavozimni egallash davomiyligi bo‘yicha rekord hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, UYeFAning o‘smirlar ligasi unvoni Lennart Yuxansson sharafiga nomlangan.

Shved, shuningdek, 2005 yilgacha "AIK" prezidenti ham bo‘lgan. Klub bunday ta'sirli yo‘l bilan sobiq prezidentiga hurmatini bildirgan. Yuxansson klubning boshqa keksa muxlislari bilan o‘zining sevimli jamoasini "Yefle"ga qarshi maydonga olib chiqdi.

"AIK" ham o‘z navbatida muxlislarini xafa qilmadi va ularga 1:0 hisobidagi g‘alabani tuhfa qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid