Jahon | 15:07 / 21.09.2016
77196
3 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atambayev "voris" operatsiyasini qo‘llamaydi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev "voris" operatsiyasini qo‘llamaydi. Bu haqida QR prezident apparatining axborot siyosati bo‘limi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Almazbek Atambayev mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgarish kiritish tashabbuskorlari taklif qilgan yakuniy matn bilan tanishib chiqqan va mazkur qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 
 
"Jo‘qorg‘i Kenesh deputatlari davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan konstitutsiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha xalqning o‘zi qaror qabul qilishi uchun imkon yaratishlariga hamda mazkur qonun loyihasini referendumga olib chiqishlariga ishonchimni bildiraman", - dedi u. 
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlarning bunday qarori Qirg‘iziston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash bo‘yicha umumiy yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash va adolatli hamda samarali siyosiy tizim yaratish sifatida baholanadi. 
 
"Har bir davlat tarixida o‘z xalqi va yurti kelajagi uchun birdamlikni  namoyish etish kerak bo‘ladigan paytlar kuzatiladi. O‘ylaymanki, Qirg‘iziston xalqi va xalq tomonidan saylangan Jo‘qorg‘i Keneshi o‘tgan 5 yil davomida prezidentning manfaatparastlik maqsadlari bo‘lmaganiga ishonch hosil qildi", - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi uning matbuot xizmati.

Almazbek Atambayev Qirg‘izistonda hech qachon keyingi davlat rahbari kim bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. "Shu bois men "voris" operatsiyasini qabul qila olmasligimni darhol aytganman. Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarda parlamentni zaiflashtiruvchi yoki bosh vazir vakolatini haddan ziyod kuchaytiruvchi to‘g‘rilashlar yo‘q. Aksincha, ularda aksariyatning koalitsiyasi kuchaytiriladi va haqiqiy parlament muxolifati paydo bo‘ladi. To‘g‘rilashlar Qirg‘iziston parlamentarizmini mustahkamlash sari qo‘yilgan yana bir katta qadamidir", - dedi QR rahbari. 
 

Mavzuga oid