Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton: Tramp Putinni Amerika ma'lumotlar bazasini buzib kirishga chorladi
AQSh prezideni lavozimiga nomzodlar - respublikachi Donald Tramp va demokrat Hillari Klinton o‘rtasidagi ilk debatlar vaqtida tomonlar so‘nggi yarim yil ichida Amerikaning turli idoralariga uyushtirilgan kiberhujumlar borasidagi fikrlari bilan almashishdi.
Hillari Klinton kiberhujumda Rossiyani aybladi va AQShni bunday hujumlardan himoya qilishga va'da berdi.
"Klinton hujumlarda doimo Rossiyani ayblaydi. Biroq buni isbotlashning iloji yo‘q. Ehtimol, bu Xitoydir yo bo‘lmasa shunchaki kompyuter qarshisida o‘tirgan 200 kilogrammli notanish bir erkakdir", - dedi Tramp.
Bundan tashqari, Klinton o‘z raqibini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bo‘lgan "muhabbati"da aybladi: "Tramp Putindan Amerika ma'lumotlar bazasini buzib kirishni so‘raganiga ishongim kelmaydi!"
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025