Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Isroil prezidenti Ukrainaga safarini muddatidan avval yakunladi
Isroil prezidenti Reuven Rivlin Ukrainaga safarini qisqartirib, vataniga qaytishga qaror qilgan. U Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peresning vafoti munosabati bilan shunday yo‘l tutgan, deya xabar qilmoqda Isroil televideniyesining o‘ninchi kanali.
Mahalliy telekanallar va radiostansiyalar xabariga ko‘ra, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, 93 yoshli Peres ikki hafta muqaddam boshidan kechirgan insultdan o‘ziga kelmay, hayotdan ko‘z yumgan.
Rivlin 27 sentabrda, Babiy Yardagi fojiaga 75 yilligi munosabati bilan Ukrainaga safarini boshlagan edi. Ikkinchi jahon urushi davrida bu yerda natsistlar va ularning gumashtalari yuz mingdan ortiq kishini qatl qilgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025