Jamiyat | 12:28 / 30.09.2016
20570
2 daqiqa o‘qiladi

360 nafar ayblanuvchi shaxslarni lavozimdan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalar qanoatlantirildi

Joriy yilning 29 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida «Xabeas-korpus» instituti – inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilishning ishonchli kafolati” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Tadbirda Oliy sud sudyalari, Oliy sud huzuridagi tadqiqot markazi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Ma'lumki, jinoiy ta'qibga uchragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi «Xabeas Korpus» deya nomlanadi. Bu atama 1679 yil 26 may kuni ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun - «Xabeas Korpus Akt» atamasidan olingan. 

Misollarga murojaat qiladigan bo‘linsa, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi sudlar vakolatiga o‘tkazilgan vaqtdan buyon kiritilgan iltimosnomalarning 710 tasi sudlar tomonidan rad etilgan. Aytish joizki, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bo‘yicha sudlarga kelib tushayotgan iltimosnomalar soni yildan yilga kamayib bormoqda. Bu esa sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi o‘laroq, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati tobora yuksalib borayotganidan dalolatdir.

Shuningdek, 2012-2016 yilning birinchi yarim yili davomida sudlar tomonidan 360 nafar ayblanuvchi shaxslarni lavozimdan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalar qanoatlantirilgan.

Mavzuga oid