Jamiyat | 07:52 / 01.10.2016
13179
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda politsiyachilar taqib vaqtida 6 yoshli bolani otib tashlashgani ma'lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari AQSh politsiyasi tomonidan 6 yoshli bolaning o‘ldirilishini keskin qoralamoqdalar. Politsiyaning aytishicha, ular bu holatda o‘zlarini himoya qilish maqsadida harakat qilganlar.    

Voqea o‘tgan yili sodir bo‘lgan, biroq buning videosi endigina chop etildi.

Marksvill shahrida politsiyachilar taxminiy jinoyatchini taqib qilish vaqtida unga qarata o‘q uzishgan. Politsiyachilarning aytishicha, avtomobildagi jinoyatchi xavf solgan.

Biroq video politsiyachilar versiyasini inkor qilmoqda, chunki gumonlanuvchi qo‘llarini tepaga ko‘tarib, taslim bo‘lishiga ishora qilishiga qaramasdan, politsiya uni o‘qqa tutgan.

Politsiyachilar o‘q uzishni to‘xtatib, gumonlanuvchi mashinasi yoniga kelishganda gumonlanuvchi yonida uning farzandi ham o‘lik holda yotganini ko‘rishgan.

Politsiyachilarning aytishicha, ular avtomobilda bola borligini bilishmagan.

Mavzuga oid