Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kamolot-Tur” IX yoshlar velomarafonining Respublika bosqichi 2 oktabr kuni start oladi
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan velosportni yanada ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Kamolot—Tur” IX yoshlar velomarafoni yoshlarni barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Harakat tomonidan 2008 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Kamolot-TUR” velomarafoni yoshlarni sportga, xususan, velosportga qiziqishlarini oshirish, ularni jismonan sog‘lom, ruhan tetik qilib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur velomarafonda har bir havaskor yigit-qiz ixtiyoriy tarzda ishtirok etishi mumkin.
“Kamolot—Tur” IX yoshlar velomarafonining Respublika bosqichi ishtirokchilari bilan bir safda start chizig‘idan finishgacha birga harakat qilmoqchi bo‘lsangiz va moto va karting sport ustalaridan maxsus shouni tomosha qilish istagingiz bo‘lsa, Sizni 2016 yil 2 oktabr kuni soat 8:00 da Nukus ko‘chasida kutib qolamiz.
Marafon ishtirokchilari texnik soz velosiped va himoya kaskasida bo‘lishi lozim.
“Kamolot—Tur” IX yoshlar velomarafonining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi Paxtakor sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
"Kamolot" YoIH faoli Ulug‘bek G‘aniyev
Mavzuga oid
23:32 / 28.04.2025
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
12:30 / 10.02.2025
Yaponiyada an’anaviy bekinmachoq o‘yini uchun 100 nafar ishtirokchi qidirilmoqda
12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda
22:55 / 02.11.2024