Toyota farzandi yo‘q ayollar uchun robot-bolakay yaratdi
Toyota Motor kompaniyasi Kirobo Mini nomini olgan robot-bolakayning yaratilgani haqida e'lon qildi; u tug‘ilish sur'ati rekord darajada pasayib borayotgan Yaponiyadagi farzandi yo‘q ayollarga mo‘ljallangan. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Toyota kashfiyoti aholining qarish darajasi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar orasida yetakchilik qilayotgan Yaponiyadagi demografik tendensiyaning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan.
"U biroz tebranadi va ko‘nikmalari yaxshi rivojlanmagan boladek taassurot qoldiradi", - deydi bosh dasturchi Fuminori Kataoka. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xususiyat robot va uning egasi o‘rtasida "ruhiy bog‘liqlik"ni keltirib chiqaradi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Toyota kelasi yildan Kirobo Mini sotuvlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Uning narxi - 39 800 iyen (392 dollar).
Kompaniyada Kirobo Mini'ning yaratilishi inson his-tuyg‘ularini tanib, unga javob berishga qodir yanada ilg‘or robotlarni yaratishda muhim qadam bo‘lganligi ta'kidlandi.
Manbaga ko‘ra, Toyota robot-bolakaylarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yagona kompaniya emas. Undan avval Yaponiyaning Intelligent System Co Ltd. kompaniyasi keksa yaponlarda ruhiy bezovtalik omilini yumshatish maqsadida Paro robotlarini yaratgan.
Mavzuga oid
16:44
Xitoyda qadimgi odamlar qoldiqlari topildi. Ularning boshi ancha katta
21:54 / 26.11.2024
Amazonʼning Yaponiyadagi shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazildi
17:06 / 25.11.2024
AQSh Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
00:06 / 25.11.2024