Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yil Qozog‘istonda transport xizmati 4 foizga pasayishi prognoz qilindi
Qozog‘iston parlamenti senati (yuqori palata) deputatlari mamlakatning 2016-2018 yillardagi byudjyetiga o‘zgartish kiritilganini tasdiqlashdi. Joriy yilning sentabr oyi yakunida parlamentning quyi palatasi ham ushbu qonun loyihasini tasdiqlashgan edi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Avvalroq Qozog‘iston hukumati 2016 yil makroprognoziga oydinlik kiritishgan edi. Neftning o‘rta yillik bahosi barreliga 30 dollardan 35 dollarga qadar oshgan. Shuningdek, milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevning so‘zlariga ko‘ra, neft qazib olish ishlari 74 million tonnadan 75,5 million tonnaga oshgan.
2016 yilgi YaIM hajmi avval prognoz qilingan daraja — 0,5 foizda qoldi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining o‘sish darajasi 2016 yilda 3,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Sanoat mahsulotlari esa 1,7 foizga tushishi mumkin. Savdo hajmi 3,5 foiz, transport xizmati esa 4 foizga pasayishi prognoz qilingan.
Mavzuga oid
07:37 / 10.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida 140 davlatdan 2000 ga yaqin delegat qatnashdi
14:13 / 06.04.2025
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong
15:25 / 03.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
11:18 / 23.03.2025