Jahon | 00:07 / 06.10.2016
10523
1 daqiqa o‘qiladi

FQB "yangi Edvard Snoudenni" hibsga oldi

Foto: © AP

AQSh Federal qidiruvlar byurosi AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga ishlagan xususiy kompaniya xodimini hibsga oldi. U maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘rilashda ayblanmoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hibsga olinuvchi MXB uchun maxfiy kiberoperatsiyalarni tuzish va  amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi Booz Allen Hamilton kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Gumonlanuvchi Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya kompyuter tizimlariga kirishga mo‘ljallangan zararli dasturning kodini o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda. 

Nashrning ta'kidlashicha, AQSh maxsus xizmatlarining ommaviy kuzatuv olib borishi haqidagi hujjatlarni oshkor etgan Edvard Snouden ham Booz Allen Hamilton bilan birga ishlagan.

 

Mavzuga oid