Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir nechta yirik kompaniya Samsung Galaxy Note 7 smartfoni savdosini to‘xtatdi
AT&T, Verizon va T-Mobile kompaniyalari Samsung Galaxy Note 7 smartfonini sotish va uni almashtirishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda ABC News.
10 sentabrda AQSh hukumati huzuridagi iste'molchilik mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi iste'molchilardan Samsung Galaxy Note 7’dan foydalanmaslikni so‘radi, chunki qurilma to‘satdan yonib ketishi mumkin. 11 sentabrda smartfon ishlab chiqaruvchi Samsung kompaniyasi mijozlarni Galaxy Note 7’ni tezda qaytib berishga chaqirgan.
Biroq smartfonlarning o‘rniga "xavfsiz" deb berilgan qurilmalar ham alangalangan yoki portlagan.
AT&T’da aniqlangan hodisalar bo‘yicha tergov yakunlanmaguncha eski Galaxy Note 7’ni yangisiga almashtirilmasligi ma'lum qilingan. Shu bilan birga kompaniya smartfon egalarini qurilmani boshqa modeldagi telefonlarga almashtirishga olib kelishga chaqirdi.
T-Mobile va Verizon esa qurilmani sotish va uni almashtirishni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025