Fan-texnika | 12:00 / 11.10.2016
5984
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 sotuvlarini to‘xtatdi va smartfonni o‘chirib qo‘yishni so‘radi

Foto: © AP

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonining dunyo miqyosidagi sotuvlari, shuningdek qurilmani ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqida kompaniya rasmiy saytida xabar berildi. 

10 oktabrda Galaxy Note 7 smartfonini ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqida ma'lum qilingandi, biroq bundan bir necha soat o‘tib, kompaniya qurilmaning butun dunyodagi sotuvlari ham to‘xtatilishi haqida e'lon qildi. Bundan tashqari, nuqsonli Galaxy Note 7 smartfonlari xuddi shu modelning yangi qurilmalariga almashtirilmaydi. 

Kompaniyada Samsung uchun foydalanuvchilar xavfsizligi birinchi o‘rinda ekanligiga yana bir bor urg‘u berildi. Shuningdek Samsung xodimlari kompaniya qurilmalari yonib ketgan yangi holatlarni o‘rganishga kirishganini ta'kidlashdi. 

"Galaxy Note 7 smartfonining birinchi versiyasi va Galaxy Note 7 almashtirilgan versiyasi egalari o‘z qurilmalarini o‘chirib qo‘yib, uning almashtirilgan variantlaridan foydalanishlari kerak yoki smartfonni xarid qilgan joylaridan pullarni to‘liq qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi".

Samsung bayonotidan
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid