Seulda Samsung rahbariyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Janubiy Koreya poytaxtida Samsung bo‘linmalari boshqaruvchilari, jumladan Samsung Electronics rahbariyati ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Uchrashuv kompaniyaning bosh qarorgohida yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan Yonxap agentligi.
Uning yakunlariga ko‘ra, majlis ishtirokchilari Galaxy Note 7 smartfoni inqirozi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bironta ham izoh berishmagan.
Samsung Electronics kompaniyasi 11 oktabr kuni Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqish va uning savdosini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.
Avvalroq, kompaniya Galaxy Note 7 smartfon telefonlarining dunyo bo‘yicha savdosini to‘xtatib, eskilarini yangisiga almashtirishini, shuningdek, yangi e'lon bo‘lmaguncha, oldinroq xarid qilinganlaridan foydalanmaslikni bildirgan edi.
Koreya Respublikasi hukumati ushbu qurilmalar xavfsizligi bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. AQSh va Tayvan hukumatlari ham xuddi shunday tergov jarayonini boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024