Germaniya va Shveytsariya migratsiya inqiroziga qarshi kurashish rejasini ishlab chiqdi
Germaniya va Shveytsariya migratsiya inqiroziga qarshi chegaralarda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha birgalikda reja ishlab chiqdi. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"2016 yilning yanvaridan avgustigacha 4,5 mingta chegarani noqonuniy kesib o‘tish holati qayd etildi. Shu tufayli Germaniya va Shveytsariya migratsiya inqiroziga qarshi chegaralarda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha birgalikda reja ishlab chiqdi", deb aytilmoqda xabarda.
Endi chegarada kelayotgan poyezdlar sinchkovlik bilan tekshiriladi, chegara xizmati xodimlari soni bir necha marotaba oshiriladi.
Ushbu reja muhojirlarning to‘xtovsiz oqimini to‘xtatishi kerak. Ikki davlat hukumatlari bu kelishuvga Italiya ham qo‘shilishiga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
18:03 / 14.10.2024
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?
14:50 / 25.09.2024