Light | 14:30 / 19.10.2016
9011
2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun muzlatgichda pomidorning ta'mi o‘zgaradi?

Foto: unicom

Amerikalik biologlar muzlatgichda saqlangan pomidorlar nima uchun ta'mini yo‘qotishi sababini aniqladilar. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot PNAS jurnalida chop etildi.

Florida universiteti professori Garri Kli boshchiligidagi olimlar guruhi 25 mingdan ko‘proq pomidor genining sovuq sharoitdagi holatini o‘rgandilar. Sovitish  pomidor uchun jiddiy stress bo‘lib, u undagi yuzlab genlarning faoliyatiga putur yetkazadi, ulardan ba'zilari uchuvchan kimyoviy birikmalarning sintezi uchun javobgar hisoblanadi. Bu birikmalar pomidorning ta'mi va hidini to‘yingarroq qiladi. Ko‘plab enzimlar pomidor muzlatgichdan xona haroratidagi sharoitga olinganda ham tiklanmaydi.

Keyingi tahlil sovitish DNK metillashishi mexanizmida o‘zgarishlarga olib kelishini ko‘rsatdi. Metillashish genlarni uzoq vaqtga "o‘chirish" yoki "yoqish"ga imkon berishi sababli sovitishda hosil bo‘lgan buzilishlar pomidorning ta'm va hid sifatlariga uzoq muddatli effekt ko‘rsatishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid