Fan-texnika | 10:08 / 19.10.2016
9702
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik bloger Samsung Galaxy Note 7'ni portlatishga urindi

Rossiyalik bloger Wylsacom yangi rolik taqdim etdi. Unda bloger Samsung Galaxy Note 7 smartfonini portlatishga urinib ko‘radi. Video uning YouTube-kanalida namoyish qilindi. 

Dastlab bloger saperlarga mo‘ljallangan olov o‘tkazmaydigan kiyim kiyib oladi, so‘ngra gadjyetni soxta xitoy zaryadkasi bilan quvvatlantirib, resurstalab ilovalarni ishga tushira boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida qurilma maxsus termokamera orqali kuzatiladi. 

Smartfon 48 darajagacha isitilgandan keyin qotib qoldi, ilovalarni o‘girib, tezda soviy boshladi. Wylsacom bir necha bor qurilmani portlatishga urinib ko‘radi, lekin u hattoki sharfga o‘ralgandan keyin ham yonmaydi. 

Oktyabr oyi o‘rtalarida Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7'ni qayta tiklash yoki qayta ishlab chiqarishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi. Undan avval kompaniyada yonish hamda portlash holatlari tufayli smartfonlarning ishlab chiqarilishi hamda sotuvi to‘xtatilishi haqida e'lon qilishgandi. 

 

Mavzuga oid