Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram depressiyani yengishda yordam beradi
Endilikda Instagram'ning har bir foydalanuvchisi ma'muriyatga ijtimoiy tarmoqdagi tanishlaridan biri depressiyada ekanligi haqida xabar berishi mumkin bo‘ladi. Unga darhol mutaxassislarga murojaat qilish yoki Instagram xodimlaridan tavsiyalar olish taklif qilinadi.
"Foydalanuvchilar qo‘llab-quvvatlash funksiyasi tufayli atrofda ularga g‘amxo‘rlik qilishga tayyor jamiyat borligini his qilishadi, ayniqsa, inson bunga juda muhtoj bo‘lgan paytlarda".
Marn Levin
Yangi funksiyani ishlab chiqishda kompaniya mutaxassis-psixologlar bilan maslahatlashdi. Biroq depressiya bilan kurashishning bu usuli qanchalik samarali ekanligi hozircha noma'lum, chunki axloqsiz foydalanuvchilar shunchaki hazillashib yoki yomon niyatda mutlaqo sog‘lom odamlar haqida ham xato ma'lumot berib, ma'muriyatni chalg‘itishlari mumkin.
Mavzuga oid
18:18 / 23.05.2025
Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarda depressiyani kuchaytirishi isbotlandi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
08:40 / 26.03.2025