Jahon | 07:29 / 23.10.2016
4336
1 daqiqa o‘qiladi

Gaitida 174 mahbus turmadan qochib ketdi

Foto: Xinhua/ZUMAPRESS/globallookpress

Kamida 174 mahbus qo‘riqchini o‘ldirib va o‘zi bilan qurol olib Gaiti shimolidagi turmadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Qochqinlik Arkaxay aholi punktidagi turmadan sodir etilgan. Gaiti adliya vaziri Kamille Eduardning aytishicha, qochqinlardan biri devordan yiqilib halok bo‘lgan. Mahbuslar o‘qotar qurollarni o‘g‘irlab ketganlar.

Ta'kidlanishicha, ikki mahbus jarohat olgan. Hukumat qochqinlarni BMT tinchlikparvar kuchlari yordamida qidirmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid