Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘shga yo‘l oladigan delegatsiyaga Adham Ikromov boshchilik qiladi
2016 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida javob tariqasidagi tashrif bilan O‘sh shahrida (Qirg‘iziston Respublikasi) bo‘ladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Prezident Devoni, Hukumat, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari, davlat va ijtimoiy tuzilmalarning viloyatdagi bo‘limlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ishbilarmon doira rahbarlari, fermerlar, ilm-fan va maorif, madaniyat va san'at arboblaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonning yuqori mansabdor shaxslari va qo‘shni Botken, Jalol-Obod va O‘sh viloyatlari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi. Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar va chegara hududlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
1 oktabr kuni Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammetkaliy Abdulgaziyev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan Andijon shahriga tashrif buyurgan edi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangandi.
Mavzuga oid
11:12 / 05.04.2024
Qirg‘iziston O‘shdan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildiryapti
20:23 / 07.12.2023
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston bosh konsulligi rasman ochildi
13:47 / 20.11.2023
Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli tayinlandi
15:04 / 04.07.2023