Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida 79 nafar o‘zbekistonlik qutqarib qolindi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi trassada buzilib qolgan avtobusdan 79 nafar o‘zbekistonlik qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imonqulovga iqtibos keltirgan holda Tengrinews.kz.
23 oktyabrda viloyatning Aksus tumanida, Qalqaman posyolkasiga 15 km yetmasdan, "Qizilo‘rda-Pavlodar" trassasida soat 21:30da 79 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan SETRA rusumidagi yo‘nalish avtobusi buzilib qolgan. Avtobus Omskdan Chimkentga kelayotgan bo‘lgan.
"Yomon ob-havo sharoitlari va yaqin atrofda aholi punkti yo‘qligi hamda -6 gradus sovuq harorat tufayli mahalliy ijroiya idoralari bilan birgalikda yo‘lovchilarni zudlik bilan Do‘stik qishlog‘iga evakuatsiya qilishga qaror qilingan", deb ma'lum qildi Imonqulov.
Voqea joyiga Kalqaman trassa tibbiy-qutqaruv punkti xodimlari jo‘natilgan. Yo‘lovchilarni Do‘stik qishlog‘idagi maktabga evakuatsiya qilish uchun qo‘shimcha "Gazel" mashinasi jalb qilingan.



Mavzuga oid

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

14:39 / 13.05.2025