Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung kompaniyasi Note 7 tanazzulidan keyin mobil bo‘lim ko‘rsatkichlarini qayta tiklashga va'da bermoqda
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi investorlarni texnologiyalar tarixidagi eng yirik muvaffaqiyatsizliklardan birini bartaraf qilishning uddasidan chiqishiga ishontirishga harakat qilmoqda. Xabarga ko‘ra, texnologiya giganti voqeaga oydinlik kiritish maqsadida nafaqat batareyalar, balki smartfonning boshqa detallarini ham o‘rganib chiqmoqda. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi.
“Biz sizning ishonchingizni qaytarish uchun bor kuchimiz bilan ishlashga to‘g‘ri kelishini bilamiz va aynan shu yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz”, - dedi Samsung rahbarlaridan biri J.K.Sin kompaniya natijalari chop etilgandan keyin.
Smartfon ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniya uchinchi chorakda mobil bo‘limning daromadi 96 foizga (87,63 million AQSh dollari) tushib ketgani haqida hisobot berdi.
Operatsion daromad 5,2 trillion von (4,57 milliard dollar)ni tashkil qildi. Dastlab kompaniya 7,8 trillion von hajmidagi daromadni ko‘zlayotgan edi, ammo Note 7 smartfonlarini ortga qaytarish bilan bog‘liq yo‘qotishlar prognoz oqlanmasligiga olib keldi.
Kompaniya to‘rtinchi chorakda taxminan 2015 yilning oktabr-dekabridagi ko‘rsatkichiga monand daromad olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganini ma'lum qildi. Ular Galaxy S7 va nisbatan hamyonbop modellar sotuvi hisobiga ana shunday natijalarga erishishni rejalashtirishmoqda.
Samsung kompaniyasi Note 7 muvaffaqiyatsizligi tufayli keyingi ikki chorak daromadining 3,1 milliard dollarga kamayishidan ogohlantirdi. Shunday bo‘lsa-da, kompaniya chip va displeylar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlarning yaxshi ko‘rsatkichlari hisobiga daromadning yaxshilanishini kutmoqda.
Note 7 smartfonlarining qaytarilishiga sabab bo‘lgan batareyalar yetkazib beruvchi Samsung SDI Co. Ltd. uchinchi chorakda 110 milliard von miqdoridagi operatsion kamomad haqida hisobot berdi.
Mavzuga oid
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025