Sport | 22:02 / 28.10.2016
6801
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyadagi jamoa futbolchilari safar o‘yiniga kelgan yagona muxlisi bilan birga g‘alabani nishonladi

Shvetsiyadagi jamoa futbolchilari safar o‘yiniga kelgan yagona muxlisi bilan birga g‘alabani nishonladi

Shvetsiyadagi «Yefle» jamoasining muxlisi o‘z sevimlilarini qo‘llab-quvvatlash uchun «Kalmar» jamoasiga qarshi safar o‘yiniga bordi. 

U ichki chempionat turnir jadvalida oxirgi o‘rindan bir pog‘onada turgan jamoasi o‘yinini ko‘rish uchun 1150 km yo‘l bosib o‘tgan.

Futbolchilar uning bu harakatini qadrlashdi va o‘yindan keyin o‘zlarining o‘yinga kelgan yagona muxlisi qarshisiga borib, uni olqishlashdi.

Qayd etish kerakki, «Yefle» «Kalmar»ga qarshi o‘yinda 11ta g‘alabasiz seriyasini yakunladi va uzoq kutilgan g‘alabani muxlis bilan birga nishonladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid