Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft MacBook noutbuklarini Surface’ga almashtiradiganlarga pul berishini ma'lum qildi
Microsoft kompaniyasining 26 oktabrda taqdim qilingan yangi noutbuki Surface Book axborot oqimida biroz yo‘qolib qoldi, chunki u e'lon qilingan kun ertasiga Apple o‘zining yangilangan MacBook Pro noutbukini taqdim qildi.
Biroq Microsoft yengilmadi va o‘z mahsulotiga e'tiborni antiqa usul bilan qaratishga qaror qildi. Kompaniya MacBook egalariga agar ular noutbuklarini Surface Pro yoki Surface Book noutbuklariga almashtirsalar, 650 dollar berishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Tech Crunch.
Microsoft ma'lumotlariga ko‘ra, Surface Pro 4 va Surface Book noutbuklarining 97 foiz egasi ulardagi sensor ekran imkoniyatlaridan muntazam foydalanadilar, Apple esa bu texnologiyadan chetda qolmoqda. Microsoft fikricha, bu imkoniyat Surface va MacBook’dan birini tanlashda qo‘l kelishi mumkin.
Microsoft’ning aksiyasi 10 noyabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi
20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
20:49 / 05.03.2025