Sport | 23:29 / 30.10.2016
9020
1 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" ketma-ket 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Foto: Twitter/ChelseaFC

Antonio Konte boshchiligidagi "Chelsi" Angliya Premer-ligasidagi g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda. "Chelsi" chempionatning 10-turida 5 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan "Sauthempton"ni mehmonda mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Eden Azar "Chelsi"ni hisobda oldinga olib chiqdi (1:0). Tanaffusdan so‘ng Azarning uzatmasidan keyin Diyego Kosta hisobni yanada kattalashtirdi (2:0).

Londonliklar 10 turdan keyin musobaqa jadvalida 4-o‘rinni (22 ochko), "Sauthempton" esa 9-o‘rinni (13 ochko) egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi. 10-tur
Sauthempton – Chelsi  – 0:2
Gollar:
Azar, 6 (0:1); Kosta, 55 (0:2).

Mavzuga oid