Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Rossiyaning OMI reytingiga 6-marotaba yetakchilik qilmoqda
OAVda keng muhokama qilinayotgan Galaxy Note 7 fableti bilan yuzaga kelgan muammolar rossiyaliklarning Samsung mahsulotlariga muhabbatini kamaytira olmadi. Bundan Online Market Intelligence (OMI) kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda. Bu so‘rovnomada Rossiyaning aholisi milliondan ko‘proq bo‘lgan shaharlaridan 1500 kishi ishtirok etdi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Samsung so‘ralganlarning 17 foiziga yoqadi. Bu natija Janubiy Koreya kompaniyasiga 6-marotaba ushbu reytingning eng yuqori pog‘onasini egallashiga imkon berdi.
Reytingning 2-pog‘onasini Adidas firmasi (so‘ralganlarning 10,5 foizi), 3-pog‘onasini Sony (10 foiz), 4-pog‘onasini Apple (9,7 foiz) va 5-pog‘onasini Nike egallamoqda.
Axborot texnologiyalari vakillaridan reytingning yetakchi yigirmataligi orasiga LG (7-pog‘ona), Philips (9-pog‘ona), ASUS va Nokia (mos ravishda 13- va 14-pog‘onalar) kirdi.
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025