Jahon | 17:55 / 04.11.2016
3837
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Diyorbakirdagi portlash uchun javobgarlikni Kurdiston ishchilar partiyasi zimmasiga yukladi

Foto: Reuters

Bugun Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrida amalga oshirilgan terakt Kurdiston ishchilar partiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Diyorbakir viloyati gubernatoriga asoslanib, Reuters xabar tarqatdi.

Portlash mahalliy vaqt bilan soat 08:00da avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi orqali sodir etildi. Mashina politsiya bo‘limi binosi yaqinida portladi. Terakt oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 100dan ortiq kishi jarohatlandi.

Bu hujum Turkiyada muxolifat partiya hisoblanuvchi Xalqlar demokratiyasi partiyasi a'zolari hibsga olinishi ortidan amalga oshirildi.

Bu hodisadan keyin Turkiyada Facebook, Twitter, YouTube va WhatsApp faoliyatiga to‘siq qo‘yilgan.

Ma'lum qilinishicha, blokirovkada trottling uslubidan foydalanilgan. Bunda saytlarning ishlashi tezligi minimum darajagacha tushiriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid