Jahon | 12:04 / 04.11.2016
5123
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada kurdparast deputatlarni qo‘lga olish boshlanishi fonida kuchli portlash amalga oshirildi

Foto: NTV

Juma kuni tongida Turkiyaning janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrida joylashgan Bog‘lar tumanida kuchli portlash ro‘y berishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lib, 30dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar qildi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, mina o‘rnatilgan avtomobil politsiya mahkamasiga kelib urilgan. Bu yerga biroz oldinroq Xalqlar demokratiyasi partiyasining hibsga olingan muxolifatchi kurdparast deputatlari keltirilgandi.

Ayni vaqtda politsiya xodimlari voqea joyida hodisa tafsilotlarini o‘rganishmoqda.

Hibsga olish ishlari bir vaqtning o‘zida Anqara, Diyorbakir va boshqa shaharlarda olib borilgan.

Reuters agentligining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, parlamentning 11 deputati qo‘lga olingan, qo‘lga olinishi kerak bo‘lgan yana 2 deputat xorijda.

Turkiya parlamenti spikeri o‘rinbosari Pervin Buldan Xalqlar demokratiyasi partiyasining muxolif kurdparast deputatlari bilan birga hibsga olingani haqidagi ma'lumotni rad qildi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid