Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 oktabrdagi 375-sonli qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi. Qarorda shuningdek, kompaniyaning ijroiya tuzilmasida ham o‘zgartishlar amalga oshirilishi belgilangan.
Endilikda, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘linmalar va ularning boshqaruv organlari: aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va boshqaruv apparati paydo bo‘ladi. Uning faoliyatining ichki nazoratini reviziya komissiyasi va ichki audit xizmati amalga oshiradi.
“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kompaniyasi tarkibiga kiritilgani bois, uning rahbari aksiyadorlik jamiyati ijroiya boshqarmasi rahbari o‘rinbosari lavozimini ham egallaydi.
Shuningdek, kompaniyaning boshqaruv xodimlari soni 93 nafargacha (avval 120 kishi) qisqartirilgan.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025