Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA "Legiya"ga YeChLning navbatdagi turida "Borussiya"ga qarshi kechadigan o‘yin uchun chipta sotishni taqiqladi
UYeFA Polshaning "Legiya" klubiga 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi doirasidagi "Borussiya" Dortmundga qarshi safar uchrashuvida mehmonlar sektori uchun chiptalar sotishni taqiqlab qo‘ydi.
Tashkilot rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, bunga klub fanatlarining "Real"ga qarshi mehmondagi uchrashuvda (1:5) chiqargan janjallari sabab bo‘lgan. Mazkur to‘qnashuvda yetti nafar muxlis jabr ko‘rgandi.
Shuningdek "Legiya" 80 ming yevro miqdorida jarimaga va ikkita uchrashuvda mehmonlar sektori uchun chiptalar sotish huquqidan mahrum qilgan.
Ta'kidlash lozim, "Legiya"ning "Real"ga qarshi javob uchrashuvi (3:3) tomoshabinlarsiz o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
14:42 / 22.12.2023
«Qonuniy kuzir». Superliga mashmashalarining navbatdagi bosqichi haqida
23:25 / 21.12.2023
Sud FIFA va UYeFAning Superligani o‘tkazishga qo‘ygan taqiqini bekor qildi
10:58 / 09.10.2023