Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Rossiya Putinning Tramp bilan muloqotidan keyinoq Suriyadagi amaliyotlarini davom ettira boshladi
Rossiya «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchisidagi samolyotlar va «Admiral Grigorovich» fregatidagi «Kalibr» raketalari orqali Suriyadagi marralarga zarba bera boshladi. Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqotidan keyinoq ro‘y berdi. Bu jihatga Financial Times nashri o‘z e'tiborini qaratgan.
Nashrning qayd etishicha, Kreml matbuot xizmati siyosatchilarning muloqotidan keyin xabar berganki, Putin va Tramp suhbat vaqtida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kuchlarni birlashtirish hamda Suriyadagi siyosiy inqirozni bartaraf etish masalasi xususida gaplashishgan. Shu bilan birga Tramp ma'muriyati bu muloqot yuzasidan hech qanday izoh bermagan.
Financial Times nashri respublikachilar nomzodi saylovoldi kampaniyasi davrida Putinni maqtagani va uni kuchli yetakchi sifatida ta'riflaganini eslatib o‘tgan. Tramp Rossiyaning Suriyaga kirishini ma'qullagandi.
Bu vaqtda Rossiya Qurolli kuchlari Suriyada terrorchilarga qarshi zarbalar berishni tikladi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu zarbalar nishoni Idlib va Homsdagi terrorchilar ekani haqida ma'lum qilgan.
Putin va Tramp o‘rtasidagi telefon muloqoti 14 noyabr kuni kechqurun amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025