Peru prezidenti proteksionizm siyosatiga qarshi kurashishga chaqirdi
Peru prezidenti Pedro Kuchinski Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarini iqtisodiyotdagi jahon proteksionizmiga qarshi kurashishda birlashishga chaqirdi.
"Jahon savdosi zamonaviy chaqiriqqa duch kelmoqda, u so‘nggi ikki yilda o‘sayotgani yo‘q. Yirik kompaniyalar barbod bo‘lib, qayta tashkil etilayotganiga guvoh bo‘layapmiz. Shu bois, jahon iqtisodiyoti o‘sishi va proteksionizm ustidan g‘alaba qilish asosiy poydevordir", — degan Kuchinski OTIHning Limada boshlangan sammitida qilgan chiqishida.
Kuchinski o‘z fikrini isbotlash sifatida Donald Trampning g‘alabasi va Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi bo‘yicha o‘tkazgan Brexit referendumi natijasini misol tariqasida keltirgan.
"So‘nggi vaqtlarda, AQSh va Buyuk Britaniyaga proteksionizm kayfiyatlari kirib kelayotganini ko‘rmoqdamiz. Bu g‘oyalarni ilgari surayotganlarga, 1930 yillardagi iqtisodiyot tarixini qayta o‘qib chiqishni tavsiya qilaman", — deya bayonot bergan Peru rahbari.
Mavzuga oid
14:22 / 16.11.2024
Peruda Xitoy sarmoyasiga qurilgan megaport ochildi
17:01 / 08.11.2024
Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘i qabul qilindi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
18:24 / 04.11.2024