Jahon | 15:04 / 20.11.2016
21819
2 daqiqa o‘qiladi

Obama: Unga vaqt bering

Amerikaliklarning hozirgi prezidenti Barak Obama lotinamerikaliklarga yuzlanib, ulardan AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga vaqt berishni so‘radi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

«Men bu yerda shuni aytishni istaymanki, — yomonlikni kutmaslik kerak», — degan Obama Perudagi OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitidagi ishtiroki davomida.

U shuningdek, yangi prezident ma'muriyatining barcha vakillari vazifasiga kirishishi va ularning siyosati qay yo‘nalishda boshlanishini kutish va shundan keyin xulosa chiqarib, muhokama boshlash kerakligini qayd etib o‘tgan.

Respublikachi Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davrida g‘olib bo‘lgan taqdirda Meksika va  AQSh o‘rtasida devor qurish, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan savdo kelishuvlarini bekor qilish hamda musulmonlarni mamlakatiga kirgazmasligi haqida chiqishlar qilgandi.

Bundan oldinroq Barak Obama YeI yetakchilarini Donald Tramp davrida ham Vashington bilan hamkorlikni davom ettirishga chaqirgandi.

Respublikachi Donald Tramp 8 noyabr kungi saylovlarda g‘olib bo‘lgandi. U va uning ma'muriyati kelgusi yilning 20 yanvarida ishga kirishadi.

Mavzuga oid