Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook internet tarqatuvchi droni bilan sodir bo‘lgan voqeani ommadan yashirgan
Facebook kompaniyasi lazerlar yordamida internet signallarini tarqatuvchi Aquila dronining halokatga uchraganini oshkor qilmagan. Buning o‘rniga, Mark Tsukerberg dronning sinov parvoz muvaffaqiyatli o‘tgani haqida bayonot bergan, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.
28 iyunda Aquila dronining sinov parvozi amalga oshirilgan, shundan so‘ng, kompaniya uning omadli kechgani haqida yozma bayonot bergan edi. Oradan bir oy o‘tgach, Facebook tarqatgan boshqa xabarga ko‘ra, dron qo‘nayotgan vaqtda «nosozliklarga duch kelgan».
Shundan so‘ng, Amerika transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengashi Aquila qulashi bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. U qulagan vaqtda «sezilarli zararlangan», ammo yerdagi insonlar va binolarga zarar yetkazmagani aniqlandi.
Dronning muvaffaqiyatli parvozi haqida maqola yozgan The Verge nashri jurnalisti o‘z xabarini rad etuvchi materialini e'lon qilib, bundan keyin Facebook kompaniyasiga oid xabarlarni batafsil o‘rganish bo‘yicha tavsiya bergan edi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025