Sport | 04:33 / 24.11.2016
6515
3 daqiqa o‘qiladi

YeChL. A guruhi. «PSJ» foydasiga ishlagan durang

Foto: Daily Mail

Yevropa chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri A guruhida bo‘lib o‘tishi lozim edi. Guruh g‘olibini aniqlab beradigan uchrashuvda «Arsenal» «PSJ»ni qabul qildi.

YeChL guruh bosqichining eng asosiy jihatlaridan biri bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi natijalarga ko‘ra ustunlikni qo‘lga kiritishidir. Parijdagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangach, 5-turga qadar bir xil ochko to‘plagan jamoalar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan natija uchun harakat qilishdi. Oqibatda barchasi parijliklar uchun omadli yakunlandi. To‘plar-nisbati ko‘rsatkichi bo‘yicha «Arsenal»ga imkoniyatni boy berayotgan Unai Emeri shogirdlari o‘zlari uchun eng ma'qul minimum durang 2:2 hisobini tabloda aks ettirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mehmonda kiritilgan ortiqa gol jamoaning g‘olib sifatida guruh bosqichini yakunlashiga xizmat qilishi mumkin. Buning uchun jamoa so‘nggi turda «Ludogorets»ni uyda mag‘lubiyatga uchratsa kifoya. «Arsenal» esa «Bazel»ni mehmonda mag‘lubiyatga uchratgan taqdirda ham Parijdagi natijani kutishga majbur bo‘ladi.

Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashgan ikki autsayder ham durang qayd etishdi. Faqat nursiz durang «Ludogorets» foydasiga ishlamoqda. So‘nggi turdan keyin hozirgidek ikkala jamoada ham ochkolar teng kelib qolsa bolgariyaliklar Yevropa ligasida kurashni davom ettirishadi.

Chempionlar ligasi. A guruhi. 5-tur

Arsenal – PSJ – 2:2
Gollar: 
Kavani, 18 (0:1); Jiru, 45+1 (1:1, pen); Verratti, 60 (2:1, avtogol); Lukas Moura, 77 (2:2).
Ogohlantirishlar: Koklen, 34; Koselni, 53 – Markinos, 31; Verratti, 55.

 

Ludogorets – Bazel – 0:0
Ogohlantirishlar: 
Abel, 40; Motsi, 83; Sisino, 90+1 – Alvares Balanta, 8; Jaka, 63; Suxi, 82; Traore, 86.

Mavzuga oid