Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya Kaliningradda raketa majmualari joylashtirilishiga o‘z qarashini bildirdi
Rossiyaning Kaliningrad viloyatida «Iskander» va S-400 raketa majmualarini joylashtirishi bevosita tahdid uyg‘otmasa-da, javob choralarining «salbiy spirali» «tasodifiy, ammo ma'lum bir» oqibatlarga olib kelishi mumkin. Associated Press agentligiga ko‘ra, Finlyandiya mudofaa vaziri Yussi Niinistyo MTV3 telekanalidagi chiqishida shunday fikrlarni bildirgan.
Mudofaa vazirining qayd etishicha, Moskvaning Xelsinki tomon agressiv rejalarini ko‘rmayapti. «Bu ma'noda Rossiya Finlyandiya uchun tahdid uyg‘otmaydi», — degan vazir.
Niinistyo, shuningdek, mintaqadagi vaziyat yumshashiga umid bildirgan. Shu bilan birga, uning aytishicha, inqiroz yuz bergudek bo‘lsa, Finlyandiya YeI a'zosi sifatida tashkilotning yordam berishiga ishonadi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025