Jamiyat | 09:12 / 24.11.2016
15031
1 daqiqa o‘qiladi
O‘ta yangi yulduzning portlashi (Video)
O‘ta yangi yulduzning portlashi – eng ulkan va go‘zal astronomik hodisalardan biri. Hubble kabi eng kuchli teleskoplar koinotning turli yerlarida amalga oshib bo‘lgan holatni ro‘yxatga olib boradi, biroq shu paytga qadar insoniyat halokatli hamda eng birinchi nuqtadan boshlanuvchi “o‘lim” hodisasini kuzatmagandi.
Fazo agentliklari va turli ilmiy telekanallar bir necha marotaba o‘ta yangi yulduzning portlashiga o‘xshash 3D-roliklarini yaratishdi. Ammo fransiyalik rejissyor va rassom Tomas Vans bu jarayonni kompyuterdagi modellashtish va raqamli texnologiyalarni ishlatmagan holda namoyish etdi. Barcha fazoviy harakat suyuqlik bilan to‘ldirilgan akvariumda ro‘y berib, u yerga yonib turuvchi fluoressentli bo‘yoqlar asta-sekin qo‘shib borildi.