Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Fukusima-1» AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun 180 mlrd dollar talab etiladi
«Fukusima-1» AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga tovon puli to‘lash uchun ketadigan xarajatlar 20 trillion iyenadan (180 milliard dollar) ortiq. Bu haqda Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligiga asoslangan holda Nikkey gazetasi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 2013 yilda Yaponiya hukumati bu boradagi xarajatlarni 11 trln iyenaga baholagandi. Xarajatlar o‘sishi Yaponiya hukumati tomonidan tovon puli olishi kerak bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxati kengaytirilgani bilan bog‘liq.
Fojia oqibatida jabrlanganlar, jumladan, zararlangan hududlarni tark etishga majbur bo‘lgan tadbirkorlar, sayyohlik kompaniyalariga to‘lanadigan tovon pulining umumiy qiymati 8 trillion iyenaga (72 milliard dollar) yetadi. Ushbu summaga fojiadan so‘ng to‘lab berilgan mablag‘lar ham kiradi.
Shuningdek, mablag‘lar AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishga sarflanishi rejalashtirilgan.
Xarajatlarning bir qismini «Fukusima-1» AESning operatori — Tokyo Electric Power energetika kompaniyasi qoplab berishga majbur. Buning uchun unga 9 trillion iyena (81 milliard dollar) miqdoridagi foizsiz kredit ajratilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:09 / 11.04.2025
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi
23:50 / 30.09.2024
Putin va uning administratsiyasi xarajatlari 25 foizga oshadi
12:09 / 13.04.2021
Yaponiya “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi radioaktiv suvni okeanga oqizishga qaror qildi
08:27 / 19.08.2018