Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp biznesdan ketadimi?
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, 15 dekabr kuni Nyu-Yorkda o‘z oilasi ishtirokida katta matbuot anjumani tashkil etadi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasi orqali yozgan.
«Men Nyu-Yorkda 15 dekabr kuni katta matbuot anjumani tashkil qilmoqchiman. Unda biznesim bo‘yicha yakuniy qarorimni ma'lum qilaman. Endi bor e'tiborimni mamlakat boshqaruviga qaratish va Amerikani yana buyuk mamlakat qilish uchun ishlash maqsadidaman!» — deya yozgan Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, buni qonun talab etmaydi, ammo u ongli ravishda shunday qadam tashlashi kerak. U prezident o‘z kompaniyalari tufayli mojarolarga aralashib qolmasligi kerak deb hisoblamoqda.
«Men barcha biznes kelishuvlaridan chiqishi bo‘yicha zarur yuridik hujjatlar tayyor. Prezidentlik men uchun muhimroq vazifa sanaladi!» — deydi Tramp.
Bundan avvalroq OAVda Tramp o‘z biznes imperiyasini topshirishi kerakligi haqida aytilgandi.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025