Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning yangi bosh vaziri O‘zLiDeP partiyasidan bo‘ladi
Parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi prezident tasdiqlashi uchun bosh vazirlikka nomzodini ko‘rsatadi. Bu haqda TASS axborot agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev ma'lum qilgan.
"Parlamentdagi ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lish bu partiyaga bosh vazirlik uchun o‘z nomzodini ko‘rsatish imkonini beradi", - degan u.
4 dekabr kuni o‘tkaziladigan navbatdan tashqari saylovlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ayni vaqtda O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan bosh vazir Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan.
Mavzuga oid
10:21 / 17.01.2025
Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilinadi
16:33 / 18.12.2024
Qirg‘izistonda yangi bosh vazir tayinlandi
17:17 / 13.12.2024
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi
20:08 / 19.10.2024