Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada YeXHT TIV Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi
2016 yilning 8-9 dekabr kunlari Hamburg shahrida (Germaniya) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 23-majlisi bo‘lib o‘tdi.
TIVK majlisiga YeXHTning amaldagi raisi, Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer rahbarlik qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. Unda, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegatsiya ham ishtirok etgan.
Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan va YeXHT hududidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini qamrab olgan masalalar muhokama qilindi.
Majlis yakunlariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.
YeXHTning keyingi Vazirlar uchrashuvi 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tashkilotda raislik qiluvchi Avstriyada kelgusi yilda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025