O‘zbekiston | 22:51 / 13.12.2016
24244
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi

Foto: Norma

13 dekabr kuni Toshkentda ish boshlagan Senatning sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdi.

O‘zA xabar qilishicha, senatorlar 1992 yil 8 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinganligini qayd etishdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning manfaatlarini himoya qilish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida katta ishlar amalga oshirilgan.

8 yanvarni – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilash ularning maqomini, prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ularni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga rag‘batlantirishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

6 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilingandi.

Mavzuga oid