Jahon | 11:31 / 16.12.2016
6877
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel: YeI Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yana olti oyga uzaytiradi

Foto: Google image

Germaniya kansleri Angela Merkel YeI sammiti yakunlari bo‘yicha bayonot berib, tashkilot Rossiyaga nisbatan jazo choralarini yana yarim yilga uzaytirishga qaror qilganini bildirdi. Rossiyaga nisbatan sanksiyalar Moskvaning Ukrainadagi vaziyat borasida tutgan pozitsiyasi sababli joriy qilingan edi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Biz sanksiyalarni olti oyga uzaytirish bo‘yicha siyosiy qaror qabul qildik. Bu texnik jarayonda mustahkamlanadi», — degan siyosatchi.

Merkelning qayd etishicha, Ukraina sharqidagi vaziyatda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagani bunga sabab bo‘lgan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid