Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbeda 2008 yildan avval ishlab chiqarilgan jamoat transportlari ekspluatatsiyasi taqiqlanadi
Dushanbe hokimi Muhammadsaid Ubaydullayev fuqarolar xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash maqsadida poytaxtda 2008 yilga qadar ishlab chiqarilgan jamoat transportlari ekspluatatsiyasini taqiqladi. Bu haqida news.tj saytida xabar berildi.
Poytaxt hokimligida taqiqlov 2017 yilning 20 martidan kuchga kirishi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, hokim 25 dekabrga qadar Dushanbedagi jamoat transportlari haydovchilarini maxsus forma bilan ta'minlash masalasini hal qilishni topishirdi.
Bugungi kunga kelib, dushanbeliklar va shahar mehmonlariga har kuni 93 yo‘nalish bo‘yicha o‘rtacha 197ta avtobus, 60ta trolleybus va 2 250dan ortiq mikroavtobus xizmat ko‘rsatmoqda.
Joriy yilning 11 oyi ichida shahar jamoat transporti 235,9 million kishini o‘z manziliga yetkazgan.
Mavzuga oid
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
07:39 / 08.05.2025
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi
20:33 / 01.05.2025