Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung'ning suvdan himoyalangan Galaxy A (2017) smartfonlari yanvar oyida sotuvga chiqadi
Samsung kompaniyasi CES-2017 ko‘rgazmasida o‘zining yangi Galaxy A3/A5/A7 smartfonlarini taqdim etadi. Ular yanvar oyining o‘rtalarida sotuvga chiqadi. Bu haqida Roland Quandt insayderi xabar berdi.
Erondagi yopiq taqdimotda Samsung Galaxy A (2017) smartfonlarining yangi qatori namoyish etildi. Yangi smartfonlar flagman modellarning ko‘plab funksiyalari va imkoniyatlarini o‘zlashtirgan. Telefonlar Always On Display texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi - qurilma bloklangan holatida uning ekranida vaqt va xabarlar aks etadi. Ular shuningdek IP68 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan va USB Type-C portiga ega.
Galaxy A3, A5 va A7 qurilmalarining akkumulyator sig‘imi 3000, 3300 va 3500 mAch. Bundan tashqari, "to‘ng‘ich" modellarning kameralari 16 megapikselli ekanligi ham ma'lum qilindi. Telefonlarning qolgan xususiyatlari oshkor etilmadi.
Insayder ma'lumotlariga ko‘ra, smartfonlar G‘arbiy Yevropada yanvar oyining o‘rtalarida sotuvga chiqadi. Galaxy A3 narxi - 350 yevro, Galaxy A5 narxi — 450 yevro. "To‘ng‘ich" A7 modelining bahosi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025