Jahon | 18:28 / 20.12.2016
5720
2 daqiqa o‘qiladi

The New York Times: Trampning g‘alabasidan so‘ng AQShda uyali aloqa qimmatlashadi

Aloqa bo‘yicha AQSh Federal komissiyasida ko‘pchilik ovoz respublikachilarga o‘tadi. Ular esa telekommunikatsiyalar bozorini qattiq tartibga solishga qarshi. The New York Times gazetasi bundan foydalangan aloqa operatorlari ham narxlarni oshirishidan xavfsiramoqda.

Gazeta AQShdagi prezidentlik kampaniyasi vaqtida Hillari Klinton nomzodini ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlagandi. Endi esa unda Donald Trampning g‘alabasi telekom-sanoatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi maqola chiqdi.

Maqola mualliflarining fikricha, Tramp 2017 yilning boshida aloqa bo‘yicha AQSh federal komissiyasiga (FCC) yangi rahbar tayinlaydi. Uning respublikachi bo‘lishi deyarli aniq. Shundan so‘ng respublikachilar FCC’da ko‘pchilik ovozga ega bo‘ladi.

Gazetaning ta'kidlashicha, respublikachilar telekommunikatsiya sohasini qattiq tartibga solishga qarshi. Kutilishicha, FCC yangi rahbari Sprint va T-Mobile’ning birlashishi kabi kelishuvlarga ruxsat beradi. Bu kompaniyalar birlashganda esa AQSh aloqa kompaniyalarining “katta to‘rtligi” (Verizon, AT&T, T-Mobile va Sprint) “katta uchlikka” aylanadi hamda mamlakatda uyali aloqa tariflari qimmatlashishi mumkin.

Shuningdek, AT&T Time Warner’ni ham xarid qilishi mumkin. Tramp saylovoldi kurash jarayonida 85 milliard dollarlik bu kelishuvni taqiqlashga va'da bergandi, biroq g‘alabadan so‘ng uning fikri o‘zgarishi aniq bo‘ldi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid