Sport | 08:40 / 23.12.2016
20339
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p maosh olishi kutilayotgan futbolchi uylandi

«Boka Xuniors» futbol klubi hujumchisi Karlos Teves o‘z sevgilisi Vanessa Mansilya bilan turmush qurdi. Tantanali marosim 22 dekabr kuni Buenos-Ayres yaqinidagi San-Isidro shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga 260 kishi taklif etilgan bo‘lib, u to‘rt kun davom etadi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda

Shuni qo‘shimcha qilib o‘tish joizki, Teves va Mansilya uch farzandga ega: Florentsiya (9 yosh), Keti (6 yosh) hamda Lito (2 yosh).

 

Mavzuga oid