Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL, 18-tur. "MYu" hamda "Chelsi" qatorasiga erishilgan g‘alabalari sonini oshirib oldi
Angliya chempionatining 18-turida 7ta juftlik uchrashuvlari yakuniga yetdi.
"Arsenal" o‘z uyida Olive Jiruning 86-daqiqada kiritilgan goli evaziga kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi.
"Manchester Yunayted" "Sanderlend"ni 3:1 hisobida yengdi va qatorasiga to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi. Mezbonlar tarkibida Blind, Ibrahimovich hamda Mxitaryan 1tadan gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goliga Borini mualliflik qildi.
Musobaqa peshqadami "Chelsi" esa "Bornmut" ustidan yirik 3:0 hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa londonliklar qatorasiga 12ta g‘alabaga erishib, klub rekordini yangiladi. Gollarga Pedro (24, 90+3) hamda Azar (49 pen) mualliflik qilishdi.
Shu va boshqa uchrashuvda qayd etilgan natijalar:
Arsenal – Vest Bromvich 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 86 Jiru.
Arsenal – Chex, Gabriel, Gibbs (Monreal, 71), Belerin, Koselni, Ozil, Jaka, Sanches, Koklen (Remzi, 74), Ivobi (Peres, 71), Jiru.
Vest Bromvich – Foster, Makoli, Nom, Douson, Evans, Yakob, Fletcher, Shadli (Makkleyn, 62), Fillips, Brant, Rondon (Robson-Kanu, 80).
Ogohlantirishlar: Jiru (42), Gibbs (65), Foster (83), Remzi (88).
Manchester Yunayted – Sanderlend 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 39 Blind, 2:0 – 82 Ibrahimovich, 3:0 – 86 Mxitaryan, 3:1 – 90 Borini.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Jons, Roxo, Blind, Kerrik, Errera (Fellayni, 84), Mata (Marsyal, 74), Pogba, Lingard (Mxitaryan, 62), Ibrahimovich.
Sanderlend – Pikford, Jons, Jiloboji, van Anxolt, Denayyer, Larsson (Xazri, 83), Ndong (Lav, 86), Kone, Defo, Borini, Anichebe.
Ogohlantirishlar: Blind (19), Borini (61), Kone (90).
Chelsi – Bornmut 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Pedro, 2:0 – 49, penalti Azar, 3:0 – 90+3 Pedro.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Pedro, Fabregas, Villian (Chaloba, 83), Matich, Azar (Batshuayi, 90), Mozes (Ayna, 90).
Bornmut – Boruts, Smit (Ayb, 77), Kuk, Deniels, Smit, Uilsher, Gosling, Serman (Stanislas, 66), Arter, King (Afobe, 66), Frensis.
Ogohlantirishlar: Uilsher (14), Pedro (63).
Lester – Everton 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 51 Miralyas, 0:2 – 90 Lukaku.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Simpson, Vasilevski, Grey (Uloa, 65), King (Marez, 64), Amarti, Olbrayton, Slimani, Okadzaki (Drinkuoter, 46).
Everton – Robles, Uilyams, Funes Mori, Beyns, Xolgeyt, Lennon (Kleverli, 88), Guyye, Miralyas (Barkli, 76), Berri (Devis, 68), Koulmen, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Simpson (79), Drinkuoter (85), Morgan (90).
Uotford – Kristal Pelas 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 26 Kabay, 1:1 – 71, penalti Dini.
Suonsi – Vest Hem 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar: 0:1 – 13 Ayyu, 0:2 – 50 Rid, 0:3 – 78 Antonio, 1:3 – 89 Lorente, 1:4 – 90 Kerroll.
Bernli – Midlsbro 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 80 Grey.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
21:06 / 10.03.2025